«Real» Ispaniya chempionatining 33 va 34-tur o'yinlari taqvimiga nisbatan o'z noroziligi bildirdi."As" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, La liga mazkur 2ta turni belgilashda adolatsizlikka yo'l qo'ygan. Boisi, turlar oralig'ida madridliklar "Barselona"ga nisbatan dam olish uchun kamroq vaqtga ega bo'lishadi. "Real" 33-turda "Xetafe"ni 2 iyul kuni mahalliy vaqt bilan 21:00da qabul qiladi. Jamoa 34-turni 5 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00da Bilbaoda "Atletik"ga qarshi o'tkazadi. "Qirollik klubi" bu o'yinlar oralig'ida tiklanish uchun 62 soatga ega bo'ladi. «Barselona» esa 33-turni 30 iyun kuni 21:00da "Atletiko"ga qarshi o'tkazsa, navbatdagi turni oradan 5 kun o'tib «Vilyarreal» bilan safarda o'tkazadi. Kataloniyaliklarning dam olish uchun 118 soat berilmoqda.
23-Iyun 2020,05:30