«Barselona» La ligada ketma-ket ikkinchi o'yinda 2:2 hisobida durang o'ynamoqda, ketma-ket ikkinchi uchrashuvda ochko yo'qotmoqda. Jamoa bu safar «Atletiko»ni mag'lub eta olmadi. Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq madridliklar hisobni ochishlari mumkin edi. Karrasko qanotda belgilangan jarimadan xavfli zarba yo'lladi. To'p olis ustun yonginasidan o'tib ketdi.Oradan 5 daqiqa o'tib esa kataloniyaliklar "standart"dan hisobni ochishdi. Messi tomonidan burchakdan etkazilgan uzatma natijasida to'p Diego Kostaning oyog'iga tegib, to'rga borib tushdi."Barsa" o'yinni nazorat qilayotgandek edi, ammo Pike raqib futbolchisini o'tkazib yubordi. Karrasko chap qanotdan avval Pikedan o'tib ketdi, so'ngra Vidal jarima maydoni ichida uni yiqitdi. Qiziq voqealar shundan so'ng boshlandi. Ter Shtegen Diego Kosta tomonidan yo'llangan zarbani qaytardi. Ammo hakam VARning maslahati bilan qaytadan penalti tepilishi kerakligini ko'rsatdi. Ter Shtegen zarbadan oldin ikki oyog'i bilan darvoza chizig'ini tark etgan edi. Bu safar 11 metrli nuqta qarshisiga Saul Niges chiqdi va muvozanatni tikladi. Oradan 3 daqiqa o'tib Messi faoliyatidagi 700-golni urishga yaqin keldi. U jarima maydoniga burchak tomondan kirdi va chap oyoqda aylanma zarba berdi. To'p darvoza ustuniga engil tegib, maydonni tark etdi.Ikkinchi bo'limda darvozalar tomon bittadan penalti belgiladi. Ikkinchi bo'lim boshida Arias Semeduga nisbatan ehtiyotsiz harakat qildi. Messi penaltidan "panenka" uslubida zarba yo'llab, faoliyatidagi 700-golni urdi.Oradan taxminan 10 daqiqa o'tib yana o'sha Karrasko penalti ishlashga muvaffaq bo'ldi. Semedu o'zi istamagan holda raqib futbolchisining oyog'iga tegib ketdi. Ter Shtegen Saul Niges tomonidan berilgan zarba yo'nalishini topdi, ammo to'p uning qo'liga tegib, to'rga borib tushdi.Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida futbolchilarda charchoq sezildi. Himoyachilar esa ishonchli harakat qilishdi. Natijada "Barselona" ketma-ket ikkinchi uchrashuvda 2:2 hisobida durang o'ynab, navbatdagi ochkolarni yo'qotdi. "Real" payshanba oqshomida "Xetafe"ni mag'lub etsa, asosiy raqibi bilan farqni 4 ochkoga etkazib oladi.Ispaniya La ligasi, 33-turBarselona – Atletiko 2:2 (1:1, 1:1)Gollar: 1:0 – 11, avtogol Diego Kosta, 1:1 – 19, penalti Saul, 2:1 – 50, penalti Messi, 2:2 – 62, penalti Saul. Barselona – ter Stegen, Semedu, Pike, Langle, Alba, Rakitich (Serdji Roberto, 63), Buskets (Fati, 85), Puch, Vidal (Grizmann, 90), Suares, Messi.Atletiko – Oblak, Felipe, Ximenes, Aryas, Lodi, Saul, Ferreyra Karrasko (Lemar, 85), Lorente (Joau Feliks, 69), Tomas, Korrea (Vitolo, 84), Diego Kosta (Morata, 76).Ogohlantirishlar: ter Stegen (17), Pike (18), Saul (35), Felipe (51), Messi (61), Diego Kosta (75), Ferreyra Karrasko (80), Lemar (90).
30-Iyun 2020,03:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0