«Barselona» bosh murabbiyi Kike Seten Ispaniya La Ligasidan o'rin olgan «Atletiko»ga qarshi o'yindan (2:2) so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.«Qayg'uli. Biz uchun hamma narsa tobora qiyinlashib bormoqda. Ochko yo'qotish chempionlikni qo'lga kiritish imkoniyatimizning pasayishini anglatadi. Biz ishlashda davom etishimiz kerak.«Atletiko» — yaxshi jamoa. Ular juda yaxshi himoyalanadi va barcha bo'sh hududlarni yopa oladi. Ularda ajoyib o'yinchilar bor.Jamoa o'yinidan mamnunman. Vaqti bilan biz to'pga egalik qildik. Bunday intizomli jamoaga qarshi o'ynash oson emas. Futbolchilarning harakatlari va o'yin rejasi menga ma'qul bo'ldi.Klubda meni kimdir muhokama qilyapti deb o'ylamayman», — deydi Seten.33-turdan keyin «Barselona» 70 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o'rinda bormoqda va ushbu turda hali o'z o'yinini o'tkazmagan «Real»dan bir ochko ortda. Madrid klubi 33-tur doirasida 2 iyul, payshanba kuni o'z maydonida «Xetafe»ni qabul qiladi.
1-Iyul 2020,12:30