Oldinroq "Barselona" hujumchisi Lionel Messi klub bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralarni to'xtatib qo'ygani haqida xabar bergandik.
"Goal" nashrining yozishicha, argentinalik futbolchi Kataloniya klubi rahbariyatidan, ayniqsa, Bartomeudan norozi.Manbaning xabariga ko'ra, Messining "Barselona" prezidentidan ko'ngli qolgan. Shu sababli, hujumchi shartnomani yangilashga shoshilmayapti, uning amaldagi shartnomasi muddati 2021 yil yozida tugaydi.Eslatib o'tamiz, bir yildan so'ng "Barselona" prezidenti saylovi bo'lib o'tadi. Bartomeu hozircha lavozimga nomzodini qo'yish niyatini bildirmagan, ammo bu ehtimoldan xoli emas. Manbaga ko'ra, agar Bartomeu klubni boshqarishda davom etadigan bo'lsa, Messining jamoadan ketishi yanada oydinlashib qoladi.
5-Iyul 2020,14:50