«Barselona» rahbariyati hujumchi Lionel Messining maoshini kamaytirishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi El Chiringuito.Manbaga ko'ra, «Barselona» prezidenti Xosep Bartomeu tez orada Messiga uning maoshini pasaytirishi to'g'risida qaror qabul qilganini ma'lum qiladi.Avvalroq Messining yillik maoshi 90 million evro ekani va ushbu summaning yarmi soliqlarga ketishi ma'lum bo'lgandi. Messining «Barselona» bilan shartnomasi kelasi mavsum oxirigacha mo'ljallangan.Avvalroq argentinalik forvardning katalon klubini tark etish niyatida ekani haqida xabarlar tarqalgandi.Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Messi 29 ta o'yin o'tkazib, 22 ta gol urdi va 19 ta golga assistentlik qildi. La Liga 34-turidan keyin «Barselona» 73 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o'rinda bormoqda.
7-Iyul 2020,18:50
O'qildi: 55 - Fikirlar: 0