Braziliyalik taniqli futbolchi Junino vatandoshi Neymarning 2017 yilda «Barselona»dan «PSJ»ga o'tgani borasida o'z fikrini bildirib o'tdi. «Braziliyada bizni faqat pul haqida o'ylashga o'rgatishadi, lekin Evropada o'zgacha mentalitet. Men o'z faoliyatimni reja asosida yo'lga qo'yganman. Men Braziliyaning boy klubiga o'tishni istaganman. Menga qaerda ko'proq pul to'lashsa, o'sha joyga o'tishni maslahat berishgan. Braziliyaning yo'li shunday.Neymarga qarang. U «PSJ»ga faqat pul uchun o'tgan. «PSJ» unga o'zi istagan barcha narsani berdi. Endi esa u shartnoma yakunlanmasidan avval ketishni istamoqda. Aslida esa minnatdorchilik bildirishi va buning to'lovini to'lash payti keldi. Neymar maydonda to'la kuch bilan o'ynashi, jonbozlik ko'rsatishi, mas'uliyat va etakchilik qobiliyatini namoyish etishi kerak. Braziliyada ko'z to'ymaslik xislati rivojlangan. Bu erda hamisha ko'p pul istashadi», — dedi Junino.
7-Iyul 2020,23:50