DR Kongo terma jamoasi bosh murabbiyi Sebastyan Desabr JCH-2026 1/16 finalida Angliyadan uchragan mag‘lubiyat (1:2) haqida fikr bildirdi.

«Xafamiz, chunki g‘alaba qozonishimizga haqiqatan ham ishongandik. Yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Lekin bahs yakuniga yaqin raqibga ikkita vaziyat yaratishga yo‘l qo‘yib berdik va dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri bizga ikkita gol urdi. Juda achinarli.

Shunday bo‘lsa-da, futbolchilarni ko‘rsatgan o‘yinlari uchun tabriklash kerak. Ular bunday darajadagi jamoaga qarshi o‘ynab, bebaho tajriba orttirishdi. DR Kongoda futbol mana shunday rivojlanadi: balki bizga biroz tajriba yetishmagandir, lekin bu o‘yinning tabiati shunaqa.

Biz o‘rganishda va yanada kuchliroq bo‘lishda davom etamiz. Oldinga harakat qilamiz», – dedi Desabr.

Manba: Stadion.uz