Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Yuri Tilemans Jahon chempionatlari tarixidan o‘rin oldi. U JCH–2026 1/16 finalida Senegalga qarshi uchrashuvda kiritgan g‘alaba goli bilan yangi rekord o‘rnatdi.

Uchrashuvning hal qiluvchi voqeasi 121-daqiqada yuz berdi. Bosh hakam Senegal darvozasiga penalti belgiladi. Biroq futbolchilarning uzoq davom etgan e’tirozlari va vaziyatning tekshirilishi tufayli 11 metrlik jarima zarbasi faqat 124-daqiqayu 44-soniyada ijro etildi. Tilemans penaltini aniq amalga oshirib, hisobni 3:2 ko‘rinishiga keltirdi.

Bu gol Jahon chempionatlari tarixidagi eng kechki gol sifatida qayd etildi. Ilgari mundiallarda hech bir futbolchi o‘yinning bunchalik kech pallasida gol urmagan edi.

Shu tariqa, belgiyalik yarim himoyachi nafaqat jamoasiga 1/8 final yo‘llanmasini taqdim etdi, balki jahon futboli tarixiga kirgan noyob rekordni ham o‘rnatdi.

JCH-2026. Final bosqichi. 1/16 final
Belgiya — Senegal — 3:2 (qo‘shimcha vaqtdan so‘ng)
Gollar: Diarra, 24 (0:1), Sarr, 51 (0:2), Lukaku, 86 (1:2), Tilemans, 89 (2:2), Tilemans, 120+5, penalti (3:2).
Bosh hakam: Said Martines (Gonduras).

Manba: Stadion.uz