Braziliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Felipe Melo Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal o‘yinini 2022 yilgi jahon chempioni Lionel Messi bilan taqqoslashga munosabat bildirdi.
«Yamal bir mavsumda 90 ta gol urishiga va hatto Messi erishgan natijalarning 80 foiziga ham yetishiga shubham bor. Lamin — fenomen futbolchi, ammo biz futbol tarixidagi eng buyuk o‘yinchilardan biri haqida gapiryapmiz», — dedi Melo Globo nashriga.
Ayni paytda 39 yoshli Lionel Messi 2026 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi. U uchta uchrashuvda 6 ta gol urgan. 18 yoshli Lamin Yamal esa to‘rtta o‘yinda bitta gol muallifi bo‘lgan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0