"Atletiko" bosh murabbiyi Diyego Simeone JCH-2026 musobaqasi paytida, Mayamida Argentina terma jamoasi qarorgohida jamoa forvardi Xulian Alvares bilan uchrashganini aytib berdi.

Futbolchi bundan oldinroq Madrid klubini tark etish istagini bildirgan edi. Xulianga "Barselona" klubi jiddiy qiziqish ko‘rsatmoqda.

"Hozirgi vaqtda Xulianning butun e’tibori Argentinaning Kabo-Verdega qarshi bo‘lajak o‘yiniga qaratilgan.

U chalg‘ib qolmasligi uchun bor diqqatini shu uchrashuvga qaratishi va boshqa narsalar haqida o‘ylamasligi kerak. Bu juda qiyin, chunki juda ko‘p ma’lumotlar tarqalmoqda, ammo u bu narsalarga yopishib olmasligi lozim. Hammasi ijobiy hal bo‘ladi.

Xulian — ajoyib futbolchi. "Atletiko"dagi eng yaxshi o‘yinchi. Uning statistikasi hamma narsani aytib turibdi — bu shunchaki aql bovar qilmas darajada. U juda barqaror o‘yin ko‘rsatadi. Biz undan va uning o‘yinidan juda mamnunmiz", — dedi Diyego Simeone ESPN telekanaliga bergan intervyusida.

Manba: Stadion.uz