Dortmundning «Borussiya» klubi 24 yoshli vingeri Karim Adeyemi faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «Barselona» futbolchi bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Ayni damda kataloniyaliklar «Borussiya» bilan muzokaralar olib bormoqda.

Adeyemiga «Barselona»dan tashqari Angliya Premyer-ligasidan ham bir qancha takliflar bo‘lgan, biroq u aynan «ko‘k-anorranglilar» lageriga ko‘chib o‘tishni istamoqda.

Yakunlangan mavsumda Adeyemi barcha musobaqalarda 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Manba: Stadion.uz