«Bornmut» hujumchisi Eli Junior Krupi «Barselona» radariga tushdi. U kataloniyaliklarning qisqa ro‘yxatidan Xulian Alvaresga muqobil variantlardan biri sifatida joy olgan.

«Barselona» seleksiya xizmati Krupining imkoniyatlarini yuqori baholamoqda. Shuningdek, yosh iqtidorni o‘z safiga qo‘shib olishni «Tottenxem» ham istamoqda. «Shporlar» fransuz uchun taxminan 100 million yevro to‘lashga tayyor.

Qayd etilishicha, «Barselona» Krupi uchun 100 million yevro to‘lash fikridan yiroq. Biroq kataloniyaliklar futbolchiga «Tottenxem»ga qaraganda ancha yuqoriroq sport ambisiyalarini taklif qila olishlari mumkin.

Manba: Stadion.uz