Abramov shogirdlarini kutib turgan Singapur terma jamoasi haqida
JCh-2022 saralash bosqichidan o‘rin olgan Singapur - O‘zbekiston uchrashuvi oldidan singapurliklar haqida batafsil ma’lumotlar.
JCh-2022 saralash bosqichidan o‘rin olgan Singapur - O‘zbekiston bahsi 15 oktyarb kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu uchrashuv oldidan raqiblarimiz haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Singapur terma jamoasi har ikki yilda bir marotaba bo‘lib o‘tadigan, sharqiy Osiyoning sub-qit’a chempionligini aniqlaydigan AFF Championship musobaqasida 4 marotaba, 1998, 2004–05, 2007 va 2012 yillarda chempion bo‘lgan. Bu, ushbu mamlakatning qo‘lga kiritgan eng yuqori natijasidur.
2007 yilgi Osiyo Kubogi g‘olibi bo‘lgan Iroq terma jamoasi musobaqa davomida va ushbu turnirning saralash bosqichlarida Singapurdan boshqa hech kimga mag‘lub bo‘lmadi. Singapur Xitoy terma jamoasiga qarshi 2006 yili 0:0 va 2009 yili 1:1 hisobida durang natija qayd etgan. 2008 yilning mart oyida Avstraliya terma jamoasi ham Singapurni mag‘lub etishni uddasidan chiqa olmagan va bellashuv 0:0 hisobida nursiz durang bilan yakuniga etgan.
2007 yilning yanvar oyida AFF Championship musobaqasidan o‘rin olgan Laosga qarshi uchrashuvda singapurliklar 11:0 hisobida zafar quchib, o‘z tarixidagi eng yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritgan. Terma jamoa hujumchisi Mohd Noh Alam Shox bahsda o‘z hisobiga 7 ta gol yozib qo‘ygani ham e’tiborga loyiq.
FIFA reytingida 157-o‘rinni egallab turgan Singapur terma jamoasining ushbu ro‘yxatda eng yuqori o‘rni 1993 yilning avgust oyida bo‘lgan. O‘shanda singapurliklar 73-pog‘onadan joy olishgan. 2017 yilning oktyabrida esa 173-o‘rinda qayd etilgan Singapur o‘z tarixidagi eng quyi pog‘onadan joy egallagan.
2005 yili Osiyo Futbol Konfederatsiyasi "Mover of the year" sovrinini Singapur mamlakatiga topshirgan.
Singapurning xalqaro maydonlardagi eng asosiy raqiblari Malayziya va Indoneziya terma jamoalari sanaladi. Ushbu ikki mamlakatga qarshi kechgan har qanday uchrashuv katta qiziqishlar bilan tomosha qilingan.
Bir necha yillar davomida singapurliklar legionerlarni mahalliylashtirish yo‘li orqali tarkibni kuchaytirishdi. Masalan, angliyalik Daniel Bernett, xitoylik Kyu Li va Shu Jiyai hamda Yugoslaviyadan Fahriddin Mustafich kabi futbolchilar Singapur sha’ni uchun to‘p surishadi.
JCh-2022 saralashida guruhimizdan o‘rin olgan Singapur terma jamoasi dastlabki turda Yaman termasini o‘z uyida qabul qilib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Ikkinchi turda esa O‘zbekistonni mag‘lub eta olgan Falastinni qabul qilgan singapurliklar 6 mingdan ziyod muxlis qarshisida raqiblarini 2:1 hisobida dog‘da qoldirishdi. Terma jamoamizga qarshi o‘yin oldidan Saudiyaga safar qilgan Singapur o‘z darvozasidan javobsiz 3 ta to‘p olib chiqdi.
Terma jamoaning texnik direktori avstraliyalik Joy Palatsides bo‘lsa, yaponiyalik Tatsuma Yoshida bosh murabbiylik qiladi. Yordamchi murabbiy, darvozabonlar murabbiyi, menedjer va boshqa lavozimlarda faqatgina mahalliy mutaxassislar ishlab kelishmoqda.
2013-2016 yillar davomida terma jamoani germaniyalik mashxur mutaxassis Bernd Shtange boshqargan.
Hozirda, Tatsuma Yoshida qo‘l ostidagi terma jamoa yaponiyalik boshqaruvida 5 ta uchrashuv o‘tkazishga ulgurdi va 2 ta g‘alaba, 2 ta durang hamda 1 ta mag‘lubiyatni tarixga bitib qo‘yishdi.
O‘zaro o‘yinlar tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, terma jamoamiz Singapurga qarshi 2008 yilda 2 marotaba to‘qnash kelishgan. O‘shanda ham, jahon chempionati saralash yo‘lida bir guruhdan joy olganmiz.
Avvaliga, 2 iyun kuni Singapur mezbonlik qilgan bahsda vakillarimiz 3:7 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritishgan. Terma jamoamizning gollariga Server Jeparov 2 ta, Vitaliy Denisov, Viktor Karpenko, Maksim Shatskix, Timur Kapadze va Aziz Ibragimov mualliflik qilishgan. Oradan 5 kun o‘tib, Toshkentda kechgan bellashuvda Aleksandr Geynrix tomonidan kiritilgan yagona gol uchrashuv taqdirini hal qilgan.
Singapur futbol Assotsiyatsiyasi
Laqabi: "Sherlar"
Konfederatsiya: OFK
Bosh murabbiy: Tatsuma Yoshida
Sardor: Harris Harun
Eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan: Daniel Bernett (145)
Eng ko‘p gol urgan: Ahmad Fandi (55)
Uy stadioni: "Jalan Besar Milliy stadioni"
FIFA reytingidagi o‘rni: 157 (2019 yil sentyabr)
FIFA reytingidagi eng yuqori o‘rni: 73 (1993 avgust)
FIFA reytingidagi eng past o‘rni: 173 (2017 oktyabr)
Ilk rasmiy o‘yini: Singapur 1:0 Xitoy Respublikasi (1948 22 may)
Eng yirik g‘alabasi: Singapur 11:0 Laos (2007 15 yanvar)
Eng yirik mag‘lubiyati: Myanma 9:0 Singapur (1969 9 noyabr)
Osiyo Kubogidagi ishtiroki – bir marta (1984)
Eng yaxshi natijasi - guruh bosqichi (1984).
Stephan_El_Shaarawy
14-Oktyabr 2019,00:01
14-Oktyabr 2019,00:01
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30207/+15)
UzFIFA Yangiliklari (23.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (23.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
18-Noyabr
18:10
19-Noyabr
06:30
Niko Uilyamsni "Barselona"ga o'tkazish bo'yicha kelishuvdagi asosiy to'siq ma'lum bo'ldi
O'qildi: 47 - Fikirlar: 0
O'qildi: 47 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)