«Barcelona» va Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Saudiya klubiga ko'chib o'tdi
Saudiya Arabistonining «Al Ahli» klubi Kataloniyaning «Barcelona» klubi va Braziliya terma jamoasi sobiq yarimhimoyachisi Paulino bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
Klubining 32 yoshli yarimhimoyachi bilan shartnomasi 3 yilga mo'ljallangan.
Ma'lumot uchun, Paulino bir oy oldin «Guanchjou Evergrand»ni erkin agent sifatida tark etgandi.