«PSJ» yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum nega erkin agent bo'lganida nima uchun «Barselona» o'rniga Parij klubini tanlaganini aytib berdi.
«Tanlash qiyin bo'ldi. Men bolaligimdan «Barselona»ning muxlisi bo'lganman.Biz ushbu jamoa bilan muzokara olib bordik, men Ipaniya klubiga o'tmoqchi edim, shuningdek, «PSJ» va boshqa klublardan ham taklif bor ekan.
«PSJ» men bilan «Barsa»dan ham oldinroq muloqot qila boshlagandi. Biz ba'zi fikrlarni muhokama qildik, ammo bu to'liq ma'noda muzokaralar emas edi. «Barsa» menga qiziqib qolganidan keyin «PSJ» yana taklif bilan chiqdi. Men Leonardo bilan, keyinchalik «Tottenxem» orqali tanish bo'lgan Pochettino bilan gaplashdim - u bilan bir marta suhbatlashdim, chunki u meni Parijga taklif qilmoqchi edi.
Pochettino menga «PSJ» qanday loyihani qurayotganini tushuntirdi. Klub nafaqat Frantsiyadagi, balki Evropadagi sovrinlarni ham yutishni istayotganini tushuntirdi. U klub qanday ekanligini aytib berdi. Men buni qiziqarli loyiha deb o'yladim va takliflarni tinglashga tayyor ekanligimni aytdim. Shu paytdan boshlab muzokaralar boshlandi. Hammasi juda yaxshi ketayotgani yo'q edi, lekin ular meni sotib olish uchun hamma narsani qilishdi. Keyin esa men ularning taklifini qabul qildim», - deya «RMC Sport» nashri futbolchisining so'zlarini keltiradi.
23-Iyul 2021,10:20