Dani Alves garov evaziga qamoqdan chiqqanidan keyin birinchi marta izoh berdi.
Zo'rlashda ayblanib 4,5 yilga qamalgan "Barselona"ning sobiq himoyachisi hukm yakuniy kuchga kirgunga qadar 1 million evro garov evaziga qamoqdan ozod etildi.
"Men har juma kuni sudga hisobot berishim kerak va hammasi shu. Men boshqa hech narsa qilmayman", - dedi “Barselona”ning sobiq futbolchisi.
Dani Alves hayotning hozirgi bosqichini futbolga qiyosladi: "Men o'ynashim kerak bo'lgan o'yin sudda bo'lib o'tadi". Sobiq futbolchi bu "o'yin" qancha davom etishini "bilmayapti".
Sobiq futbolchi bir necha oy qamoqda kunlarni qanday o'tkazganini aytib berdi.
"Qaerda bo'lmasin, men omon qolaman. Men hamma narsaga moslashaman, chunki insonni joy emas, o'sha joy yaratadi", - deydi Dani Alves.
Braziliyalik sobiq futbolchining so'zlariga ko'ra, hozir unda hammasi joyida.
5-Aprel 2024,00:00