"Barselona" klubining sobiq sport direktori Xaver Bordasning aytishicha, Kilian Mbappe 2017 yilda "Barselona"ga o'tishi mumkin bo'lgan.
O'shanda kataloniyaliklar tovon puli 222 million evro evaziga "PSJ"ga o'tgan Neymarni yo'qotib, uning o'rniga o'rinbosar qidirayotgan edi. Natijada klub Dortmundning "Borussiya" klubidan Usmon Dembeleni sotib oldi va uning uchun 135 million evro to'ladi.
"Agar men qaror qabul qilsam, Mbappe "Barselona"da o'ynagan bo'lardi. Neymarga 222 million evro to'langanida, bizda uni qo'lga kiritish uchun pul bor edi. Lekin rahbariyat Dembeleni tanladi.
Men Mbappeni afzal ko'rdim va uning otasi bilan gaplashdim, u "Barselona"ga kelishi mumkin edi. Bir lahza men buni uddaladik deb o'yladim ham", - dedi Kataloniya klubining sobiq direktori El Chiringuito telekanaliga.
5-Aprel 2024,22:50