Braziliyalik afsonaviy futbolchi Ronaldinoning o'g'li Joau Mendesh “Barselona”da operatorlik vazifasini bajardi.Joau “Barselona” U-19 jamoasining “Sabadell”ga qarshi o'yinida 90 daqiqa kamera qarshisida o'tirdi.Diario Sport nashrining xabariga ko'ra, Mendesh taktik sabablar tufayli tarkibdan chetlatilgan. 19 yoshgacha bo'lgan “Barselona” jamoasida yozilmagan qonun mavjud bo'lib, o'yin kuni tarkibdan tushib qolgan bir kishi o'yinni videoga olishi kerak hisoblanadi. Ushbu videotasvirlar keyinchalik murabbiylar tomonidan taktik tahlil qilish uchun foydalaniladi. Shu tariqa Mendesh bu vazifani bajarishga majbur bo'ldi. Ronaldinoning o'g'li 2023 yilning yozida “Barselona” yoshlar jamoasiga qo'shilgan edi. 19 yoshli futbolchi joriy mavsumda 7 ta o'yinda maydonga tushdi.
8-Aprel 2024,17:00