"Barselona" Xavi ketganidan keyin fitnes bo'yicha murabbiylar shtabini o'zgartiradi.
ESPN nashri xabariga ko'ra, Xans-Diter Flik tayinlanganidan so'ng, bir nechta fitnes murabbiylari "Barselona" murabbiylar shtabini tark etishdi, jumladan Ivan Torres, Jaume Munill va Karles Nogeyra.
"Barselona" rahbariyati Antonio Kontening sobiq murabbiylar shtabiga a'zo bo'lgan Xulio Tus va "Sevilya" a'zosi Pepe Konde bilan muzokaralar olib borayotgani xabar qilingan. Kataloniyaliklar “Real Sosedad”dan Rafa Maldonadoni ham taklif qilishlari mumkin. Bundan tashqari, Flik o'z murabbiylar shtabiga Markus Zorg, Toni Tapalovich va Xeyko Vestermanni taklif qiladi.
Oldinroq kataloniyaliklar prezidenti Joan Laporta Flikning vazifalaridan biri futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish ekanini aytgandi.
12-Iyun 2024,22:00
O'qildi: 62 - Fikirlar: 0
O'qildi: 46 - Fikirlar: 0