"Barselona" "Sporting"ning 18 yoshli chap qanot himoyachisi Nuno Mendes bilan kelishuvga erishmoqchi.
Bu borada Kataloniya klubi "Manchester Siti" bilan kurash olib boradi. Ingliz klubi esa Mendes bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan holda uni "Sporting"ga ijaraga bermoqchi.
Shuningdek, "Real", "Liverpul", "Yuventus", "PSJ" va "Manchester Yunayted" klublari ham Mendesning o'sib borishini diqqat bilan kuzatib borishmoqda.
Mendes bundan avval o'z faoliyati davomida birinchi marta Portugaliya terma jamoasiga chaqiruv olgan. Himoyachi 2020 yil yanvarida "Sporting" bilan shartnomasini 25 million evrolik tovon puli bilan 2025 yilgacha uzaytirgan.
Ma'lumot uchun, ushbu mavsumda futbolchi Portugaliya chempionatida 19 uchrashuv o'tkazib, 1 gol urdi va ikkita golga uzatma amalga oshirdi.
17-Mart 2021,22:20