"Barselona" futbolchisi Lamin Yamalning pichoqlangan otasi Munir Nasraui shifoxonadan aloqaga chiqdi.
Barselona yaqinidagi Mataro shahridagi avtoturargohda hujumga uchragan 17 yoshli Yamalning otasi kasalxonaga yotqizildi. Uch kishi hibsga olingani xabar qilingan.
Bo'limga ko'chirilgan Nasraui hozir o'zini yaxshi his qilayotganini aytdi.
"Men xotirjamroq bo'lishim kerak, chunki boshqa ilojim yo'q. Adolat, albatta, o'z ishini bajaradi - bu eng muhimi. Biz hamma uchun, men va oilam manfaati uchun xotirjamroq bo'lishimiz kerak.
Albatta, men ham qo'rqdim, o'zimni hayot va o'lim orasida ko'rdim, har qanday odam kabi qo'rqdim. Qachon ruxsat berishlarini bilmayman, tezroq bo'ladi degan umiddaman, yana gapira olganimdan minnatdorman.
Umid qilamanki, bu yil "Barselona" ajoyib jamoa bo'ladi va biz katta muvaffaqiyatlarga erishamiz", - dedi Yamal otasi El Chiringuito bilan suhbatda.
16-Avgust 2024,13:50
O'qildi: 51 - Fikirlar: 0