"Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmo klub uni o'yinlarga ro'yxatdan o'tkazishini kutishda davom etmoqda.
26 yoshli Evropa chempioni kataloniyaliklar tomonidan 9 avgust kuni Germaniyaning “RB Leyptsig” klubidan sotib olindi. Ayni damda futbolchi ro'yxatdan o'tmagani uchun o'yinlarda ishtirok eta olmayapti. Muammoni hal qilish uchun "Barselona" futbolchilar bilan xayrlashishdan daromad olishi kerak.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, "blaugrana" yosh himoyachi Mikail Faye "Renn"ga sotilganidan keyin Olmoni rasman tarkibga qo'shish imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin. Har holda, "Barselona" rahbariyati aynan shu narsaga umid qilmoqda.
Agar hammasi joyida bo'lsa, Dani Olmo shanba kuni Bilbaoning "Atletik"iga qarshi o'yinda kataloniyaliklar safida debyut qilishi mumkin bo'ladi.
23-Avgust 2024,08:20
O'qildi: 51 - Fikirlar: 0