2019 kalendar yilida faqat bitta futbolchi barcha musobaqalar doirasida 50tadan ortiq gol urishga muvaffaq bo'ldi."Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski yakunlanayotgan yilda 51ta gol urishga muvaffaq bo'ldi (55ta o'yinda). Ikkinchi o'rinda esa "Oltin to'p"ning amaldagi g'olibi Lionel Messi bormoqda. Argentinalik futbolchi 55ta o'yinda raqiblar darvozasini 49 marta ishg'ol qilgan."Manchester Siti" yarim himoyachisi Rahim Sterling (57ta o'yin) va "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe (45ta o'yin) hisobida 38tadan gol mavjud.Krishtianu Ronaldu, Serxio Aguero, Alfredo Morelos ("Reynjers" va Kolumbiya), Erik Sorga ("Flora" va Estoniya) va Andraj Shporar ("Slovan" Bratislava va Sloveniya) 35tadan gol bilan ro'yxatda 5-9-o'rinlarni egallab turishibdi.Eslatib o'tamiz, Messi 2018 yilda Lionel Messi 51ta gol bilan to'purarlar poygasida g'olib bo'lgan edi.
9-Dekabr 2019,23:20