Virjil van Deykni hayratda qoldirgan futbolchilar
Ushbu ruknimizdagi yangi intervyular to'plamini taqdim etamiz. Bugun “Liverpul” va Gollandiya terma jamoasi etakchisi Virjil Van Deyk tomonidan e'tirof etilgan futbolchilar va ular haqida qahramonimiz tomonidan bildirilgan eng sara fikrlarni e'tiboringizga havola qilamiz.
Serhio Aguero
Men o'z faoliyatim davomida ko'plab hujumchilarga qarshi to'p surishga muvaffaq bo'lganman. Har bir hujumchining o'ziga hos kuchli va kuchsiz tomonlari mavjud. Ayrimlar ikkinchi qavatda faol bo'lsa, ba'zilar darvozaga orqa o'girib ham sheriklarini aniq to'p bilan ta'minlay olishadi. Agarda APLdagi hujumchilar haqida so'z borsa, Agueroga alohida to'xtalib o'tishni xohlayman. U men uchun eng noqulay raqiblardan biri. Agarda, unga qarshi to'p sursangiz, bir lahzaga konsentratsiyani yo'qotmasligingiz lozim. Siz boy bergan 2 yo 3 sekund u uchun vaziyat yartishga etarli bo'ladi. “Shaharliklar”ga qarshi o'yinlarda aynan Agueroning mahorati bizga eng ko'p muammo tug'diruvchi omil desam, adashamgan bo'laman. Biz u bilan maydon ichida raqib bo'lsakda, uning tashqarisida yaxshi munosabatdamiz. Men u bilan tez-tez ijtimoiy tarmoqlar orqali suhbatlashib turaman. Darhaqiqat, u APLdagi eng kuchli hujumchilardan biri.
Roberto Firmino
Hozirgi so'zlarim biroz g'alatiroq tuyulishi mumkin, lekin men o'zim birga to'p surgan futbolchilar ichida aynan Firmononi alohida qayd etaman. Uning maydondagi o'yinlarini tomosha qilar ekanman, unga qarshi to'p surmaganimdan xursand bo'lib ketaman. Bilasizmi, u jamoadagi hujumchilar soyasida qolib ketgandek ko'rinsada, g'alaba uchun juda katta xissa qo'shadi. E'tibor berib qarsangiz, uning deyarli yo'q joydan golli vaziyat yaratishiga guvoh bo'lasiz. Bunday qobilayat istalgan hujumchida ham bo'lavermaydi. Ba'zan uning mashg'ulot jarayonida amalga oshirayotgan harakatlarini ko'rib hayron qolaman. Bunday mahoratga ega bo'lish uchun Braziliyada tug'ilish lozim.
Krishtianu Ronaldu
Krishtianu 10 yildan beri top darajani saqlab kelmoqda. Bunga qoyil qolmaslikning iloji yo'q. Uning tehnikasi va jismoniy imkoniyatlari haqida uzoq so'zlash mumkin. Uning sog'lom turmush tarzi istalgan sport turidagi inson uchun o'rnak vazifasini o'tab beradi. Ronalduning aslida nimalarga qodir ekanligini maydonda raqiblik qilgan futbolchilargina chuqur anglab etishi mumkin. O'z karierasi davomida ko'plab sovrinlarga ega chiqqan Krish futbol tarixida o'z nomini qoldirishiga Shubham yo'q.
Lionel Messi
Sen Messiga qarshi to'p surar ekansan, o'zining qo'lidan hech narsa kelmaydigan noshuddek his etasan. Uning to'p bilan muomila qilishiga havas qilmaslikning iloji yo'q. U o'z faoliyati davomida bir futbolchi orzu ham qilmagan barcha sovrinlarga ega chiqishga muvaffaq bo'ldi. Shunga qaramay, o'z darajasini yo'qotgani yo'q. Deyarli 10 mavsum davomida bir tempda saviyali o'yin ko'rsatish uchun katta mehnat talab etiladi. Bundan tashqari, Messi yaratgan tomonidan zargarona iqtidor bilan siylangan. U o'z imkoniyatlarini maydonda yillar davomida sayqallab bormoqda. Uning yana bir necha mavsum hozirgi darajasida to'p surishiga aminaman. Messi nafaqat zamonviy futbol, balki barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchilaridan biri.
Ronaldino
Ronaldino buyuk futbolchi. Men uning o'yinlaridan zavq olib katta futbolga kirib kelganman. Hozir ham internet orqali u maydonda osonlik bilan amalga oshirgan fint va dribblinglarni tomosha qilib turaman. Futbol olamidagi amalga oshirilgan eng chiroyli harakatlar aynan Ronaldino tomonidan muxlislarga sovg'a sifatida tashlab ketilgan boylik deb hisoblayman. Oradan yillar o'tgan bo'lsada, uning muxlislari juda ko'plab topiladi. Yoshlik chog'larimda u bilan bir jamoada to'p surish haqida orzu qilar edim. Ulg'aygach, u futboldan ketdi men esa turli klublarda to'p surishga majbur bo'ldim. Ayni damda futbol borasida anchagina tajriba ortirdim. Shunday qaramay, hali hamon Ronaldino ijrosidagi gollarni “You Tube” orqali tomosha qilib turman. Yillar o'tgan bo'lsada, uning erkin va engil harakatlari menga zavq ulashaveradi.
Coutinho_14
10-Dekabr 2019,14:43
10-Dekabr 2019,14:43
O'xshash yangiliklar
13:00 Fati 19 sentyabrga qadar tiklanishi mumkin. U tizzasidagi jarohat sabab noyabrdan beri o'ynamayapti
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30289/+13)
UzFIFA Yangiliklari (29.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (29.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1661)
Eng ko'p o'qilgan
26-Noyabr
14:50
11:10
24-Noyabr
09:30
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)