O'yin paytida jarohat olgan murabbiylar haqida eshitganmisiz?!
Darhaqiqat, futbol olamida futbolchi yoki darvozabonlarning jarohati olishi tabiiy xol, lekin murabbiylar bundan mustasno. Bugun ana shunday ishni “uddasidan chiqqan” murabbiylar haqida so'z boradi.
Rey Klemens
“Liverpul” jamoasi va Angliya futbolining tirik afsonasi Rey Klemens kim ekanligini Yoshi katta muxlislar bilishadi. “Liverpul” bilan 70-yillarda 5 bor APL va 3 bor Chempionlar ligasida g'olib chiqqan darvozabon bir muddat Angliya terma jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi. 2012-yilda bo'lib o'tgan Evropa chempionatida Fransiyaga qarshi uchrashuv oldidan mashg'ulot o'tkazgan qahramonimiz yo'q erdan jiddiy jarohat ortirib oladi va uni sheriklari qo'ltiqlab maydondan olib chiqib ketishadi. Ertasi kuni uning oyoqlari muvaffaqiyatli operatsiya qilinadi.
Ralf Rangek
Ayni damda “Red Bull Leiptsek»jamoasi Germaniyaning ko'zga ko'ringan klublaridan biri, lekin bundan 7 yil avvalroq klub 4-dvizionda to'p suruvchi jamoa edi. 2016-yilda ilk bor Bundesligaga chiqishni uddalagan klubning futbolchi va murabbiylar shtabining xursandchiligining cheki yo'q edi. So'nggi turda yo'llanmani ijobiy hal qilgan “Red Bull” futbolchilari o'z murabbiylarini qurshab olishadi va uni pivo bilan “cho'miltirishga” tushib ketishadi. Bunday “mehribonchilikdan” qochishni istagan Ralf Rangek yugurayotgan joyida jarohat ortrib oladi. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, 57 yoshlik murabbiy hazil aralash shogirdlaridan qochayotganda sirpanib ketgan va oyog'ining son qismi lat egan ekan. Ushbu voqeadan so'ng, murabbiy Germaniyda ko'plab latifalarning bosh qahramoniga aylanib ketdi.
Di Franchesko
Italiyaning “Roma” klubi sobiq bosh murabbiyi Eusibio De Franchesko uchun ham bunday noodatiy xolat begona emas. O'tgan mavsumda “Roma” o'z uyida “Atalanta”ni qabul qiladi va so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutulib qoladi. Kiritilgan golni o'zgacha nishonlagan murabbiy qo'llari bilan zahira o'rindig'iga qo'li bilan bir necha bor zarba beradi. O'yindan so'ng, murabbiy matbuot anjumaniga emas to'g'ri shifoxonaga yo'l oladi. Ertasi kuni ma'lub bo'lishicha, Di Francheskoning barmoq suyaklaridan biri sinib ketgan ekan. O'sha voqeadan so'ng, qaramonimiz mashg'ulotlarga bir muddat qo'li gips holida tashrif buyurushga majbur bo'lgan edi.
Gus Hidding
“Anji” jamoasiga katta pullar ortidan tashrif buyurgan Gus Hiddingga ham bunday jarohatlar begona emas. O'zining ilk mashg'ulotlaridan birida futbolchilar bilan birgalikda “kvadrat” o'ynagan qahramonimiz Shamil Lahiyalov bilan to'qnashib ketadi va jarohat ortirib oladi. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, gollandiyalik murabbiyning tizzasi lat egan ekan. Murabbiyning iltimosiga ko'ra bu voqea ancha paytgacha sir tutilgan edi, lekin “Anji”ning sobiq futbolchilaridan biri bu sirni oshkor etadi.
Antonio Konte
Mashg'ulotlarda futbolchilardek ter to'kishni xush ko'rovchi qiziqqon italiyalik murabbiy ham ushbu ro'yxatda mavjud. O'zining “Chelsi”dagi faoliyati davomida qahramonimiz bir nechta mashg'ulotlatni o'tkazib yuborishga majbur bo'lganidan xabaringiz bo'lmasa kerak. Gap shundaki, London jamoasida ish boshlaganiga ko'p bo'lmagan qahramonimiz mashg'ulot jarayonida jarohat ortirib oladi. Futbolchilar bilan birgalikda yugurayotgan chog'ida uning oyoqlari qayilib ketadi. Futbolchilar yordamida maydon chetiga olib chiqilgan murabbiyning oyoqlari lat eydi va qisqa muddatga safdan chiqadi. Kontening o'zi o'sha hodisa haqida hazil bilan ko'p bor so'zlab bergan.
Coutinho_14
13-Dekabr 2019,10:25
13-Dekabr 2019,10:25
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30293/+15)
UzFIFA Yangiliklari (29.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (29.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1661)
Eng ko'p o'qilgan
26-Noyabr
14:50
11:10
24-Noyabr
09:30
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)