Evropa chempionatining birinchi kunida UEFA prezidenti Aleksander Cheferin Superliga g'oyasidan voz kechmagan 3 klub haqida alohida to'xtaldi.
Rahbar savollarga jiddiy javob bermadi. U Superliga ishtirokchilarini tajovuzkor hukmlar bilan qo'rqitdi. U Superliga ishtirokchilarini ajoyib o'xshatish bilan ta'rifladi.
«Menimcha, bu uchta klub maktabni tashlab ketayotgan bezori bolalarga o'xshaydi. Ular tug'ilgan kunga taklif qilinmaydi. Shundan so'ng ular ziyofatga politsiya bilan kelishga urinishadi. Hozir ham shuning xuddi o'zi takrorlanmoqda», - deya tushuntirdi Cheferin.
Avvalroq uchta gigant - "Real", "Barsa" hamda "Yuventus" UEFAning jiddiy jazosidan qochib qutulgani ma'lum bo'lgan edi. Klublar Evropa musobaqalarida o'ynashni davom ettirishadi.
12-Iyun 2021,08:30