Inigo Martinesning "Osasuna" bilan o'yindagi ishtiroki bo'yicha qaror kechiktirildi.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" 27 mart kuni Pamplona jamoasi ustidan 3:0 hisobida g'alaba qozongandi.
Ertasi kuni "Osasuna" futbolchining "Barselona" tarkibida noto'g'ri ishtirok etgani uchun Ispaniya Qirollik Futbol Federatsiyasiga (RFEF) apellyatsiya berdi. Klubning fikricha, Inigo Martinesning ushbu o'yinda maydonga tushishi futbolchilarning maqomi va transferlari bo'yicha FIFA Reglamentining I ilovasi 5-moddasini buzadi.
Unga ko'ra, tibbiy sabablarga ko'ra milliy terma jamoaga qo'shilmagan yoki uni tark etgan futbolchi xalqaro davr tugagandan keyin 5 kalendar kun davomida o'z klubi safida to'p tepishi mumkin emas.
Ushbu ish bo'yicha qaror bugun qabul qilinishi rejalashtirilgan edi, ammo uni ko'rib chiqish hali biroz vaqt oladi. Intizomiy organ hali ham olingan hujjatlarni o'rganmoqda.
O'qildi: 149 - Fikirlar: 0