Portugaliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Luish Figu "Barselona"ning 17 yoshli vingeri Lamin Yamalning o'yinlari haqida gapirdi."U nafaqat iste'dodli va mahoratli futbolchi – meni uning xarakteri, etukligi hayratga solmoqda. Bunday yosh uchun bu ajoyib. Ehtimol, ko'pincha yosh bo'lganingda, sen hali mas'uliyat haqida o'ylamaysan, shunchaki futbol o'ynaysan, lekin Yamalning bu o'ziga xos xususiyati meni juda ajablantirmoqda. Muhim o'yinlarda qanday o'ynash kerakligining ideal namunasi", — deya Figuning so'zlarini Barca Universal keltiradi.Joriy mavsumda Lamin Yamal barcha turnirlarda 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O'qildi: 137 - Fikirlar: 0