«Barselona» yarimhimoyachisi Frenki de Yong jamoaning Chempionlar ligasidan chiqib ketganidan so'ng o'zini noxush his qilayotganini aytdi.«Juda ranjidim. Bu bizga nisbatan adolatsiz bo'ldi, albatta men buni bizning nuqtai nazarimizdan aytayapman. Menimcha, biz kuchliroq edik, ayniqsa ikkinchi bo'limda. Lekin «Inter» o'z ishini juda yaxshi bajardi. Biz o'yinga qaytib, oxirigacha 3:2 hisobida oldinda borayotgandik. Bunday vaziyatda hammasi rejangizga muvofiq ketayotgandek tuyuladi. Ehtimol, ikki kundan so'ng yana tiklanamiz», — deya de Yongning so'zlarini keltiradi Ziggo Sport.«Barselona» Chempionlar ligasi yarim finalida «Inter»ga ikki uchrashuv natijasiga ko'ra 6:7 hisobida mag'lub bo'lib, musobaqani tark etdi. Endi italiyaliklar finalda «Arsenal» — «PSJ» juftligidan g'olib chiqqan jamoa bilan trofey uchun kurashadi (ilk o'yin — 0:1).
O'qildi: 114 - Fikirlar: 0