"Barselona" "Inter" futbolchisini sotib olmoqchi
"Barselona" yaqin kelajakda o'ng qanot himoyasini kuchaytirishi mumkin.
Sport.es ma'lumotiga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" "Inter"dan Denzel Dyumfrisni safiga qo'shib olishni istamoqda.
Qizig'i shundaki, Chempionlar Ligasi yarim finalida "Barselona"ga qarshi o'yinda 29 yoshli Dyumfris beshta samarali harakati bilan ajralib turdi – ikkita gol urdi va jamoadoshlariga uchta pas uzatdi. Dyumfris "Inter"da butun o'ng qanot bo'ylab harakat qiladi – himoyadan to hujumgacha.
Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, "Barselona"ning short-listida boshqa o'ng qanot himoyachilari – Jeremi Frimpong ("Bayer"), Dodo ("Fiorentina") va Vanderson ("Monako") ham bor.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (311/+0)
Yangiliklar (34139/+8)
UzFIFA Yangiliklari (21.08.2025)
Futbol TV Yangiliklari (21.08.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1800)
Eng ko'p o'qilgan
17-Avgust
17:40
15-Avgust
12:30
12:10
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)