«Barselona» klubi koronavirus pandemiyasi paytida taxminan qancha zarar ko'rgani hisoblab chiqildi. "Mundo Deportivo" tarqatgan xabarga ko'ra, klubning zarari 100 million evroga teng bo'ldi. «Barselona»ning 2019/2020 yilgi mavsumdagi daromadi 1 milliard 47 million evroga teng bo'lishi kutilmoqda. Kataloniyaliklar joriy mavsumda 1,1 milliard evro daromad topib, moliyaviy yilni foyda bilan yakunlashni ko'zlashgan edi.Pandemiya tufayli klub do'konlari, muzeyi yopildi. Shuningdek, jamoa o'z uyidagi 6ta uchrashuvni muxlislarsiz o'tkazdi."Ko'k-anorranglilar" futbolchilarning maoshlarini 12%ga kamaytirish, Arturni «Yuventus»ga sotish (80 million evro) va Neymar ishi bo'yicha sudda «Santos» ustidan g'alaba evaziga o'z byudjetini nisbatan barqarorlashtirdi.
14-Iyul 2020,14:20