Mabodo, Ispaniya chempionatining 37-turida "Real" klubi "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda ochko yo'qotsa, chempionlik masalasi so'nggi turga qolishi mumkin edi. Buning uchun esa «Barselona» o'z uyida «Osasuna»ni mag'lub etishi kerak edi. Ammo Kike Seten jamoasi o'z uyida g'alaba qozonish vazifasini nafaqat eplay olmadi, balki mag'lubiyatga ham uchradi. Mehmonlar birinchi bo'limda Arnaisning goli evaziga hisobni ochishdi. Ikkinchi bo'limda esa Messi jarima zarbasidan hisobni tenglashtirdi. O'yin tugashiga 11 daqiqa qolganida "Osasuna" futbolchisi Galego maydondan chetlatildi. Qolgan daqiqalarda mehmonlar bir kishi kam bo'lib o'ynaganiga qaramay, qo'shib berilgan daqiqalarda g'alaba to'pini kiritishga muvaffaq bo'ldi. Shu tariqa, "Real" chempionlikni qo'lga kiritgan bo'lsa, "Barselona" raqibidan 7 ochko ortda qolib ketdi. Ispaniya La ligasi, 37-turBarselona – Osasuna 1:2 (0:1, 1:1)Gollar: 0:1 – 15 Arnais, 1:1 – 62 Messi, 1:2 – 90+2 Roberto Torres. Barselona – ter Stegen, Firpo (Alba, 79), Semedu (Vidal, 59), Langle, Serdji Roberto, Rakitich (Buskets, 67), Puch (de Yong, 79), Fati, Pike, Messi, Breytueyt (Suares, 59).Osasuna – Errera, Navas, David Garsiya, Vidal, Aridane, Brashanats (Oyer Sanxurxo, 46), Inigo Peres, Arnais (Galego, 71), Monkayola (Roberto Torres, 85), Estupinyan (Toni Lato, 90), Adrian (Barxa, 70).Ogohlantirishlar: Semedu (54), Rakitich (57), Estupinyan (63), Pike (69), Firpo (75).Chetlatish: Galego (77).
16-Iyul 2020,02:20
Keyingi yil yana barsada o'zingni korasanmi yeban setein dalbayob suslik out
Javob
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0