«Barselona» prezidenti Jozep Mariya Bartomeu jamoa bosh murabbiyi Kike Seten bilan uchrashib, u bilan gaplashib olmoqchi.Eslatib o'tamiz, kecha, 16 iyul bo'lib o'tgan «Osasuna»ga qarshi bahsda «ko'k-anorranglilar» o'z maydonida 1:2 hisobida yutqazishdi."Mundo Deportivo" tarqatgan xabarga ko'ra, Bartomeu kechagi o'yindagi mag'lubiyat, umuman olganda esa, qo'ldan chiqarilgan sovrin sabablarini bilish maqsadida murabbiy bilan ko'rishmoqchi. Manbaga ko'ra, Seten bugun iste'foga chiqarilmaydi. Ammo uning 8 avgustga qadar o'z lavozimida qolishiga ham hech qanday kafolat yo'q. Eslatib o'tamiz, o'sha kuni «Barselona» Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida «Napoli»ga qarshi javob uchrashuvini o'tkazadi (Neapolda o'tkazilgan o'yin 1:1 hisobi bilan yakunlangan). "Mundo Deportivo"da aytilishicha, Kike Setenning lavozim kursisi qimirlab turibdi. Ayniqsa, Lionel Messining «Osasuna»ga qarshi o'yindan keyin aytgan fikrlari buning isboti bo'la oladi. Argentinalik futbolchi "nimanidir o'zgartirish kerak, aks holda «Napoli» to'sig'idan o'ta olmaymiz", qabilida fikr bildirdi.
17-Iyul 2020,02:01
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0