«Barselona» bosh murabbiyi Kike Seten joriy mavsum oxiriga qadar jamoa boshqaruvida qoladigan bo'ldi. Bu haqda "Diario Sport" xabar tarqatdi.«Barselona» prezidenti Xosep Bartomeu juma kuni Seten bilan uchrashdi va jamoada yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qildi. Uchrashuv yakuni bo'yicha 61 yoshli mutaxassisni mavsum oxiriga qadar o'z lavozimida qoldirishga qaror qilindi. Shu bois, Seten jamoani Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o'rin olgan «Napoli»ga qarshi uchrashuvga tayyorlaydi. Agar murabbiyning o'zi ketishni xohlasagina, vaziyat o'zgarishi mumkin.Ma'lumot o'rnida. Agar «Barselona» nimchorak finalda "Napoli" to'sig'idan o'tsa, Lissabonga yo'l oladi hamda chorak finalda «Bavariya» — «Chelsi» juftligi g'olibiga qarshi maydonga chiqadi.
18-Iyul 2020,05:50
Bavariya ilma tewik qilib ketadi barsani bu o'yini bilan
Javob
O'qildi: 56 - Fikirlar: 0