«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida «Napoli»ga qarshi bo'ladigan o'yin borasida o'z fikrini bildirib o'tdi. «Alaves»ga qarshi o'yinda «Osasuna» bilan bahsga nisbatan yaxshiroq o'ynadik. Bu safar haqiqiy jamoaga o'xshadik. Shunday ruhda davom etishimiz kerak. Chunki Chempionlar ligasida ancha qiyin bo'ladi. Intensivlik va pressing yuqori darajada bo'ladi.Endi e'tiborni Chempionlar ligasiga qaratamiz. Mavsumni yuqori saviyada yakunlash uchun ishonch va ruhiyat birinchi o'rinda bo'lishi kerak. Biz boshimizni tozaladik va «Napoli»ga qarshi o'yinda maydonga yaxshi formada chiqamiz», — dedi De Yong "Marca" nashriga bergan intervyusida."Barselona" va "Napoli" jamoalari o'rtasidagi javob o'yini 8 avgust kuni bo'lib o'tadi. Neapolda o'tkazilgan dastlabki uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan edi.
20-Iyul 2020,02:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0