«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu jamoa yarim himoyachisi Artur klub ixtiyoriga qaytib kelmaganini tasdiqladi. Avgust oyida «Yuventus» safiga qo'shiladi.«Artur qilgan ish — bu jamoadoshlariga nisbatan hurmatsizlik. Chunki, jamoa Evropa chempionlar ligasiga tayyorgarlik qilmoqda. Shuningdek, bu klubga nisbatan ham hurmatsizlik. Muhim turnir oldidan o'yinchining jamoa safidan ketishida mantiq yo'q. Bunday xatti-harakatni oqlab bo'lmaydi.Biz u bilan Chempionlar ligasi oxiriga qadar «Barsa» safida o'ynashiga kelishib olgandik. U jamoada muhim bo'lgan futbolchi va bizga yordam berishi mumkin edi.Ammo kichik ta'tildan keyin u jamoaga qaytmadi. Bu yo'l qo'yib bo'lmaydigan intizomsizlik. Shuning uchun surishtiruv ishlarini boshladik. Uning klubga qaytmasligini oqlaydigan fakt yo'q.U qo'ng'iroq qildi: «Men klubga qaytmayman, Braziliyada qolaman», dedi. Bu uning qarori. Hech kim unga ruxsat bermagan edi», – dedi klub prezidenti.
2-Avgust 2020,08:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0