«Barselona» futbol klubi matbuot xizmati jamoa futbolchilaridan birida koronavirus aniqlanganini ma'lum qildi.Ta'kidlanishicha, «Barselona» tasarrufiga qaytib kelgan to'qqiz futbolchining biridan COVID-19 infektsiyasi aniqlangan. Quyidagi to'qqiz futbolchi ijaradan so'ng katalonlar safiga qaytgandi: Pedri, Frantsishku Trinkau, Mateus Fernandes, Jan-Kler Todibo, Mussa Vage, Karles Alenya, Rafinya Alkantara, Xuan Miranda va Oriol Buskets.Ta'kidlanishicha, kasallangan futbolchi o'zini yaxshi his qilmoqda va uyida izolyatsiyaga olingan.Chempionlar Ligasi yarim finalida ishtirok etish uchun 12 avgust kuni Lissabonga uchib ketishi kerak bo'lgan «Barselona» futbolchilari virus yuqtirib olgan o'yinchi bilan kontaktda bo'lmagan.«Barselona» 14 avgust kuni musobaqa yarim finali doirasida «Bavariya» bilan o'ynaydi.
12-Avgust 2020,16:20