Messi ketadi, deb sarlavha qo'yib muxlislar e'tiborini tortishdan osoni yo'q. Lekin bilasiz, tekshirilmagan informatsiyani sizga uzatmaslikka harakat qilaman. Xullas, vaziyat quyidagicha: — Messi transfer haqida rostdan so'rov yuborgan. — Klub uni rad etmoqda va futbolchini qo'yib yubormoqchi emas. — Rahbariyat Leoni yaxshi ko'rganidan emas, u ketsa muxlislar "eb" qo'yish xavfidan, hozirning o'zida klub qarorgohida “qo'shinlar” yig'ilmoqda. — "Inter" mo'jizaga ishonmoqda va kutish pozitsiyasini egallagan. — Messining bu yurishi prezident Bartomeuga qarshi ultimatum edi. — "Barselona" direktorlar kengashining favqulotda yig'ilishida Bartomeuga nisbatan kengash a'zolari ishonchsizligini bildirgan. Ba'zilari esa kengashni tark etgan. — Messi - Bartomeu o'yinida futbolchi qizil knopkani bosdi. Rahbarga qarshi o'z mavqeini tikdi. — Leo ketsa-ketmasa Bartomeu bu o'yinda yutqazadi. Obro'sini saqlab qolish uchun esa o'zi ketib, Messini qoldirishi kerak. O'yin davom etadi...Davron Fayziev.
26-Avgust 2020,06:00