Lionel Messi va «Barselona» o'rtasida boshlangan kurashda FIFA futbolchining tarafini yonini olishi mumkin. Argentinalik futbolchi klub ofisiga faks yo'llab, shartnomadagi tegishli bandga binoan kelishuvni bir tomonlama bekor qilmoqchi ekanini ma'lum qilgan. Shartnomadagi bandda esa Messi klubni tark etish istagini 10 iyunga qadar bildirishi kerak edi. Shundan kelib chiqib "Barsa" shartnomadagi mazkur bandning amal qilish muddati o'tib ketgani uchun 700 million evrolik badal puli haqida band kuchga kirganini ta'kidlamoqda. Futbolchining vakillari esa mavsum-2019/2020 koronavirus pandemiyasi tufayli cho'zilgani uchun shartnomada ko'rsatilgan bandning muddati ham cho'zilishi kerak. Lionel shuni vaj qilib ko'rsatib, jamoani erkin agent sifatida tark etmoqchi."El Pais" tarqatgan xabarga ko'ra, FIFA Messining «Barselona»dan ketishiga to'sqinlik qilmaydi. Ya'ni shu paytgacha futbolchining jamoani tark etishiga to'sqinlik qilishi mumkin bo'lgan holat yuz bermagan. So'nggi 15 yil ichida FIFA ham, Sport arbitraj sudi ham bunday ishni ko'rib chiqmagan.FIFA argentinalik futbolchi foydasiga qaror chiqarishi uchun Messi tegishli arizani topshirishi kerak. Ammo «Barselona» o'z manfaatini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishi mumkin. Bunday holat vaziyat murakkablashadi.Shuningdek, muammoni hal etishi mumkin bo'lgan uchinchi variant ham mavjud. Masalan, «Barsa» 222 mln evro evaziga Messini sotishga tayyor.
26-Avgust 2020,22:40
O'qildi: 48 - Fikirlar: 0