Kataloniya politsiyasi «Barselona» prezidenti Xosep Bartomeuga nisbatan surishtiruv ishlarini boshladi."El Mundo" tarqatgan xabarga ko'ra, funktsioner korruptsiyada ayblanmoqda. Unga ko'ra, Bartomeu klub nomidan o'z manfaatlari yo'lida shartnomalar tuzgan.Klubning ichki va moliyaviy hujjatlari e'lon qilingach mojaro boshlangan edi. Fevral oyida Ispaniya OAV xabar tarqatishicha, kataloniyaliklar rahbariyati ijtimoiy tarmoqlar orqali Bartomeuning nufuzini tiklash, jamoaning ba'zi futbolchilari, jumladan, Lionel Messi va Jerar Pikeni qoralash uchun marketing kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan. «Barselona» prezidentligiga nomzod hisoblangan Agusti Benedito va Viktor Font qatorida jamoa afsonalari — Xavi, Karles Puyol va Xosep Gvardiola ham ushbu "chora-tadbirlar" qurboniga aylanishgan edi.Mazkur ishlar uchun "Barsa" "l3 Ventures" kompaniyasiga bozor narxiga nisbatan 6 baravar ko'p pul to'lagan.
4-Sentyabr 2020,07:20