«Barselona» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi «Arsenal» klubining ko'zi yaxshi ko'rmaydigan muxlisi hamda yana 11 nafar bolaga yaxshilik qildi.U bolalarni Barselonaga taklif qilib, "OrCam" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yuqoritexnologik ko'zoynaklarni topshirdi. Ushbu ko'zoynaklarning har biri 4000 dollar turadi. «Barselona» sardori bu ishni har yili amalga oshirib keladi hamda ko'zi ojiz insonlarga quvonch ulashishga harakat qiladi. Argentinalik futbolchi ularning ayrimlari bilan shaxsan ko'rishgan.«Ushbu ko'zoynak ularning hayotini o'zgartiradi. "OrCam" elchisi ekanimdan faxrlanaman», — dedi Messi.Ko'zoynak bir nechta funktsiyalarga ega bo'lib, matnlarni o'qish uchun sun'iy intellektdan foydalanadi. U insonlarning yuzini, ranglarni, mahsulotlarni, pullarni ajratishi mumkin.
10-Sentyabr 2020,00:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0