«Barselona» hujumchisi Lionel Messi 2011 yildan buyon Ispaniyaning MASSI kompaniyasi bilan davom etayotgan sudda yutib chiqdi.Gap shundaki, argentinalik futbolchi 2011 yilning avgustida o'z familiyasi ostida kompaniya ro'yxatdan o'tkazmoqchi bo'ladi. Biroq o'sha yilning noyabrida velosiped, shlem va sport liboslari ishlab chiqaruvchi MASSI kompaniyasi nomlardagi o'xshashlik sabab Messining kompaniyasini sudga beradi.2013 yilda Evropa intellektual mulk boshqarmasi (EUIPO) MASSI brendi foydasiga qaror chiqaradi. Messi apellyatsiya beradi, biroq 2014 yilning aprelida EUIPO MASSI va Messi terminlarining talaffuzi bir xilligi, shuningdek, xizmat ko'rsatish sohasining o'xshashligini inobatga olgan holda futbolchining da'vosini qanoatlantirmagan edi.Evropa ittifoqi sudi mazkur jarayonni o'rganib chiqdi va Messining foydasiga qaror chiqardi. Endilikda futbolchi Messi nomi ostida o'zining shaxsiy brendiga asos solishi mumkin bo'ladi.Ta'kidlanishicha MASSI kompaniyasi mazkur qaror yuzasidan appelyatsiya beradi.
20-Sentyabr 2020,07:20
O'qildi: 57 - Fikirlar: 0