«Barselona» hujumchisi Luis Suares Italiya pasportini olish maqsadida italyan tili bo'yicha imtihon topshirish paytida "uddaburonlik" qilgani aniq bo'ldi. "Guarda di Finanza" tarqatgan xabarga ko'ra, imtihonda tushadigan barcha savollarning javoblari urugvaylik futbolchiga oldindan berib qo'yilgan bo'lgan. Shuning uchun bu borada surishtiruv ishlari boshlandi. Endi 33 yoshli futbolchi so'roqlarga javob berishi kerak bo'ladi. Suares imtihon topshirib, italyan tili bo'yicha B1 darajani qo'lga kiritgan edi. Bu tilni bilish bo'yicha o'rtacha daraja bo'lib, insonga suhbat qurish va aytilgan barcha narsani tushunish imkonini beradi. Ammo Luisning «Yuventus»ga o'tish jarayoni barbod bo'ldi. Chunki, transfer oynasi yopilguncha u Italiya pasportini olishga ulgurmaydi.Suares, katta ehtimol bilan, faoliyatini «Atletiko»da davom ettiradi.
22-Sentyabr 2020,16:10