Ispaniya chempionatining 3-turi doirasida «Barselona» o'z uyida «Vilyarreal»ni qabul qilib, yirik hisobda g'alaba qozondi. Kataloniyaliklar birinchi bo'limning o'zida raqib darvozasini 4 marta ishg'ol qilishdi. Uchrashuvning 15 va 20-daqiqalarida Ansu Fati yangilangan "Barselona"ning ilk gollariga mualliflik qildi. Unga Alba va Koutino assistentlik qilishdi. Oradan ko'p o'tmasdan 17 yoshli futbolchi penalti ishladi va undan Messi samarali foydalandi. Taym so'ngida esa Lionel etkazib bergan to'pni himoyachi Pau Torres o'z darvozasiga burib yuborib, avtogol muallifiga aylandi. "Ko'k-anorranglilar" ikkinchi bo'limni nisbatan xotirjam o'tkazishdi. Jamoa yana bir nechta imkoniyatlarga ega bo'lganiga qaramay, uchrashuvda hisob boshqa o'zgarmadi.Shu tariqa, "Barselona" yangi bosh murabbiy Ronald Kuman bosh murabbiyligidagi ilk rasmiy bahsni yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi. Ispaniya chempionati, 3-turBarselona – Vilyarreal 4:0 (4:0, 0:0)Gollar: 1:0 – 15 Fati, 2:0 – 19 Fati, 3:0 – 35, penalti Messi, 4:0 – 45, avtogol Pau Torres. Barselona – Neto, Alba, Langle, Serji Roberto, Pike, Koutino (Pedri, 70), Buskets (Pyanich, 78), de Yong, Fati (Dembele, 70), Grizmann (Trinkau, 78), Messi.Vilyarreal – Asenxo, Estupinyan, Albiol (Funes Mori, 84), Mario Gaspar, Pau Torres, Parexo, Chukvueze (Kubo, 74), Koklen (Trigeros, 46), Moyses Gomes, Jerar Moreno (Bakka, 84), Pako Alkaser (Iborra, 46).Ogohlantirish: Jerar Moreno (83).
27-Sentyabr 2020,02:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0