"Barcelona"da yangi davrning boshlanishi kelmoqda, hattoki Lionel Messi ham kiyinish xonasidagi futbolchilarga doim olg'a harakat qilishga motivatsiya bergan. Albatta, Ronald Koemanning ilk o'yini yaxshi boshlandi, ammo shoshilib xulosa qilishga hali erta.
Bundan tashqari, jamoa sardorining bir necha kun avval, barcha xatolarni o'z bo'yniga olishi va Barca yanada kuchliroq bo'lishi uchun borini berishi haqida aytgan gaplaridan so'ng, Kataloniya klubida ijobiy kayfiyat hukmron bo'layotganday.
SPORT nashrining bugungi soni ham aynan shu mavzuga ataldi. Jurnal, Messi o'zining intervyusi bilan butun jamoani ruhlantirgani haqida yozmoqda.
Leoning gaplari ko'p futbolchilarga taskin berdi, chunki ular Messini barcha o'yinlarga borini berib o'ynashiga ishonch hosil qilishmagan edi.
1-Oktyabr 2020,15:30