Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoaning hozirgi holati bo'yicha fikr bildirdi.
"Men o'tgan yilgi jamoa haqida fikr bildira olmayman. Birinchi kundanoq futbolchilar chanqoq ekanliklarini ko'rganman. Ular mashg'ulotlarda bosh kuchlari bilan mehnat qilishdi. Mashg'ulotlarda qanday ishlashayotgan bo'lsa, o'yinda ham shunday o'ynashmoqda. Qiyin maydongadi og'ir o'yinda ular so'nggi soniyalargacha kurashishga qodir ekanliklarini isbotlab qo'yishdi.
Menga ham boshqa murabbiylar kabi biroz vaqt kerak bo'ladi, lekin jamoa siz o'ylayotgandan ancha yaxshiroq. Hisobimizda olti ochko bor, ikkita o'yinda ettita gol urdik va o'z darvozamiz dahlsizligini saqlab qoldik. Bu bizning o'sib borayotganimizni ko'rsatib turibdi", - Kumanning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com.
2-Oktyabr 2020,15:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0