«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Ispaniya chempionatining 5-turi doirasida bo'lib o'tgan «Sevilya»ga qarshi o'yin borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.«Murakkab o'yin bo'ldi. Raqib yaxshi pressing qo'lladi. To'p bizda bo'lganida esa o'zimiz istagandek o'ynay olmadik. «Sevilya» yaxshi o'yin namoyish etdi va jismoniy jihatdan bizga nisbatan ustunroq edi. «Sevilya» — top-jamoa. O'ylashimcha, biz ham yaxshi o'ynadik, lekin ikkinchi bo'limda to'pni haddan tashqari ko'p yo'qotdik. Shuning uchun ritmga kirib olishimiz qiyin kechdi. O'z o'yinimizdan qoniqish hosil qildim. Jamoa charchadi, ammo ajoyib raqibga qarshi bahsda oxirigacha kurashdik.Qilayotgan ishlarimizdan qoniqish hosil qilishimiz kerak. O'yinni to'liq shakllantirish uchun bizga vaqt kerak. Uchta qiyin bahsni o'tkazib, ikki g'alaba qozondik va bitta durang o'ynadik. Qo'lga kiritilgan 7 ochkodan xursandman», — dedi Kuman.
5-Oktyabr 2020,08:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0