«Barselona», «Napoli» va «Ayaks» klublari Evropada 2020 yildagi yozgi transferlar oynasi vaqtida futbolchilar sotuvidan eng ko'p daromad ko'rgan klublar bo'ldi.«Barselona» 6 futbolchisini sotish orqali 126,5 million evro ishlab oldi. Kataloniyaliklar Arturni «Yuventus»ga 72 million evro, Nelson Semeduni «Vulverhempton»ga 30 million evro, Karles Peresni «Roma»ga 11 million evro, Marko Kukurelyani «Xetafe»ga 10 million evro, Ivan Rakitichni «Sevilya»ga 1,5 million evroga sotdi. Shuningdek, Jan-Kler Todibo «Benfika»ga 2 million evroga ijaraga berildi.«Napoli» 11 futbolchisini 114,48 million evroga sotgan bo'lsa, «Ayaks» 4 o'yinchisini 101 million evroga pullagan.Qayd etish joiz, sof foyda bo'yicha birinchi o'rinni «Bayer» (64 million evro) egallagan. Keyingi o'rinlardan esa «Ayaks» (60,25 million) va «Lill» (53,7 million) joy olgan.
6-Oktyabr 2020,21:30