«Atletiko» hujumchisi Luis Suares o'zining «Barselona»ni tark etishiga "ko'k-anorranglilar" sardori Lionel Messi qanday munosabatda bo'lganini aytib o'tdi.Suares ketganidan keyin Messi: «Sen «Barselona»dan haydalishga munosib bo'lmagan eding. Lekin men hech narsa hayron qoldirmay qo'ydi», deb yozgan edi.«Leoning bunday munosabati meni hayron qoldirmadi. Chunki men uni yaxshi bilaman. U ham men kabi qalbda og'riq his qilganini bilaman. U meni klubdan haydashdi, deb hisobladi. Ushbu masalani echishning boshqa yo'llari ham bor edi. Men bu klub safida 6 yil o'ynagandim. Oilam mening baxtli bo'lishimni istadi. «Barselona»da esa g'alati ishlar bo'lmoqda. Masalan, ular keyingi o'yinda meni maydonga tushirishni rejalashtirmayotgan bo'lsa, meni alohida shug'ullanishga yuborishdi...Bunday ishlar tufayli qalbimga og'riq turdi. Bunday ishlar menga qanday ta'sir qilayotganini oilam ko'rib turdi. Shuning uchun ular menga imkoniyatdan foydalanishni maslahat berishdi. «Atletiko»dan taklif tushganida men o'ylab o'tirmasdan uni qabul qildim.Albatta, hali ko'p narsalarga ko'nikishim kerak. Lekin «Atletiko»da o'zimni juda yaxshi his qilyapman», — dedi Suares Goal nashriga bergan intervyusida.
9-Oktyabr 2020,13:00