La Liga prezidenti Xaver Tebas «Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatida qolganidan xursandligini ma'lum qildi.«Messining Ispaniya chempionatida o'ynayotganini ko'rish menga yoqadi. U pul ushlashga mo'ljallangan mashina. Biz bir necha yil davomida Messi va Ronalduning ketishiga tayyorgarlik ko'rdik. Neymar «PSJ»ga o'tib ketdi, ammo Frantsiya ligasi bundan o'sishga erishmadi. Ronaldu «Yuventus»ga yo'l oldi, ammo A seriya ham moliyaviy jihatdan yutmadi.Agar Messi ketganida biz La liga translyatsiyasi huquqini butun jahon bo'ylab sotishda davom etardik. Hech kim bizga qo'ng'iroq qilib, "Agar Messi ketsa, shartnomani bekor qilamiz", — demadi.Ligalar uchun futbolchilar muhim, ammo futbol davom etadi. Ronaldu va Neymar Ispaniyadan ketishdi, ammo biz o'sishda davom etyapmiz. La liga brendini oshirish uchun qilayotgan ishlarimiz o'z samarasini beryapti. Faqatgina bir futbolchi butun ligani o'zgartirib yubora olmaydi», — dedi Tebas "La Gazzetta dello Sport" nashriga bergan intervyusida.
12-Oktyabr 2020,22:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0